Dobin: Ravon Rossiyada ommabopligini yo‘qotdi

Avtoekspert Aleksandr Dobin Rossiyada Ravon avtomobillari narxi nega 3 barobar tushib ketganini tushuntirdi.
Sputnik

Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtoishlabchiqaruvchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda GM Uzbekistan Rossiyada 15 078 dona Ravon avtomobillarini sotgan. Ammo 2018-yilda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari sotgan avtomobillar soni atigi 5184tani tashkil etdi. Ekspert fikriga ko‘ra, savdo hajmining keskin tushib ketishi sababi kompaniyaning noto‘g‘ri marketing siyosatida va piar instrumentidan foydalanishni bilmasligida.

Rossiyada sotilgan Ravon avtomobillarida ommaviy nosozlik topildi

"Mart oyida maygacha Ravon avtomobillariga so‘rov katta edi. Taklif etilgan mashinalar uchun mijozlar tomonidan oldindan to‘lov qilingan va so‘ngra mashinani 2,3-3, ba’zan to‘rt oygacha kutishga to‘g‘ri kelgan. Brendlar o‘rtasida mijoz uchun urush ketayotgan bir vaqtda bu juda katta muddat, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. O‘z pulini bergan xaridorni avtomobilsiz ushlab turish, juda noto‘g‘ri", - deb ta’kidlaydi Dobin Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida.

Uning fikricha, savdo hajmi pasayishiga Ravon avtomobillari narxi oshirilishi haqidagi xabarlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu xabar potensial xaridorlarni qo‘rqitib yuborgan.

Avtoekspert shuningdek, 2018-yil oxirida "AvtoVAZ" Granta modelini to‘liq yangilaganiga e’tibor qaratdi.

"Hozirda sotilayotgan mashinalar olti kuzovga ega olti avtomobillardir. Narxlar o‘sha-o‘sha, ba’zan Ravon taklif etayotgan narxdan ham pastroq. "AvtoVAZ" ega bo‘lgan dilerlik markazlari va rasmiy servislarni hisobga olsak, albatta, GM Uzbekistanning u bilan raqobatlashishi murakkab holat. Savdo hajmini oshirishniku aytmasa ham bo‘ladi", - deydi Dobin.

U shuningdek, bugungi kunda Ravon avtomobillari tor auditoriyaga mo‘ljallangan mashinalarga aylanganiga qaramay, Rossiya bozorida qolayotganini, aksariyat g‘arb brendlari esa bundan ham mahrumligiga e’tibor qaratdi.

"Shuning uchun ham Ravon ni hurmat qilsa arziydi", - deb hisoblaydi Dobin.

Ekspert izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Dobin: Ravon Rossiyada ommabopligini yo‘qotdi