Bu katta yutuq: Rossiyalik ekspert O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlar rivoji haqida

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar ikki yil oldin nol darajasida bo‘lgan, deya eslatdi O‘rta Osiyo instituti MDH davlatlar bo‘limi rahbari Andrey Grozin. Hozir esa mamlakatlar hamkorlikni kengaytirish borasida katta qadamlarni qo‘yishmoqda.
Sputnik

O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari 27-yanvargacha o‘zaro munosabatlarini hal qilib, chegarada demarkatsiya ishlarini to‘liq yakunlashni rejalashtirishmoqda.

“Ikki yil oldin hech kim voqealarning bunday rivojini bashorat qilmagan. Hamma konsevativ qarashlarda bo‘lgan. Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashsa, bu tez orada sodir bo‘lmaydi yoki umuman sodir bo‘lsa, deya hisoblashardi”, - dedi Andrey Grozin Sputnik O‘zbekiston radio efirida.

Davlatlar o‘rtasida muzokaralar uchun masalalar hali qolgan. Biroq amalga oshirilgan katta siljishlar hamkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda.

Kelgusi besh yil ichida davlatlar o‘rtasida tovar aylanuvi ikki milliard dollardan oshiradi.

Ekspertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Bu katta yutuq: Rossiyalik ekspert O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlar rivoji haqida