Yangi Moskvadagi qurilishda ishchi balandlikdan tushib ketdi

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ishchi qurilishdagi to‘qqiz metrlik chuqurga tushib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Yangi Moskvadagi qurilishda ishchi balandlikdan tushib ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hodisa Kommunarka posolkasida sodir bo‘ldi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ishchi qurilishdagi to‘qqiz metrlik chuqurga tushib ketgan. U yerda inshootni tozalash ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lgan.

Jabrlangan shaxsga yordam berish uchun sanitar vertoloti uchib kelgan.

“Moskva aviatsiya markazining sanitar vertoloti ekipaji balandlikdan odam tushib ketgan Kommunarka posolkasidagi Aleksandra Monaxova ko‘chasi, 45 uy manziliga uchib ketdi”, - deb aniqlik kiritdi Moskva Fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi departamenti matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ishchi hodisa oqibatida turli darajadagi jarohatlarni olgan.