IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Tayinlovlar Andijon, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridagi boshqarmalarda amalga oshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida yangi rahbarlar tayinlandi.

O‘zbekiston IIV PPX bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

IIV matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, podpolkovnik Mamirjonov Mirzohidjon Mamirjonovich Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Polkovnik Qodirov Jamshed Sobirjonovich Samarqand viloyati Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Mayor Meyliyev Nuritdin Normuradovich Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

Mayor Abrayev Farrux Xolmuratovich Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanishdi.