Xitoy maktab direktorining raqsi internet foydalanuvchilari tahsiniga sazovor bo‘ldi

“Hamma raqsga tushsin” – bu Xitoydagi Xi Guan boshlang‘ich maktab direktorining shiori.
Sputnik

Boshlang‘ich maktab rahbari zamonaviy raqsni o‘zlashtiradi va tanaffusda bolalar bilan birga ushbu raqsi ijro etadi.

South China Morning Post nashrining xabar qilishicha, 40 yoshli Chjan Penfey har tanaffusda o‘quvchilar bilan sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga tushadi.

Xitoy hukumati bolalar uchun majburiy jismoniy mashqlar dasturini joriy etgan, biroq maktab direktori unga ozgina o‘zgartirish kiritib, yanada qiziqarliroq qilgan.

Direktor so‘zlariga ko‘ra, u o‘quvchilar kam harakat qilishlariga e’tibor bergan. So‘ngra raqsga tushish kayfiyatni ko‘tarib, vaqtni foydali o‘tkazishga yordam beradi degan xulosaga kelgan.

Uning raqs fleshmobini ham o‘quvchilar, ham dunyodagi internet foydalanuvchilari munosib ravishda baholashdi.