Tojikistonda neftni qayta ishlash zavodi portladi – qurbonlar bor

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik tufayli sodir bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Tojikistonning Sug‘d viloyati Guliston shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida seshanba kuni, 22-yanvarda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Afg‘onistonlik nashafurushlar Tojikiston fuqarosi uchun pul talab qilmoqda

Xabarda keltirilishicha, avval yong‘in chiqib, so‘ngra portlash sodir bo‘lgan.

Portlash oqibatida zavodning 26 yoshli xodimi halok bo‘lgan. Yana ikki nafar ishchi hamda Xitoy Respublikasining fuqarosi kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik tufayli sodir bo‘lgan.