Germaniya kompaniyasi Toshkentda “Disneylend” qurishni rejalashtirmoqda

Germaniya kompaniyasi zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq va “Disneylend” kabi ko‘ngilochar markazlarni qurishni rejalashtirmoqda
Sputnik

TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. “Rimc Hotels And Resorts” kompaniyasi poytaxtda Disney-lend qurish taklifini bildirdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxo‘jayev hamda Germaniyaning “ Rimc Hotels And Resorts ” kompaniyasi rahbari Gert Prantner ishtirok etdi.

Unda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatish xususida so‘z yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda Disney-lend kabi ko‘ngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda kompaniya va hokimlik o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqildi.

Ma’lumot uchun, 30-yillik tarixga ega kompaniya dunyo miqiyosida yetakchi xalqaro mehmonxonalar operatori hisoblanadi.