Qonli oy tez-tez uchrab turadigan hodisa. Dunyoning ba’zi bir chekkalarida dushanba kuni bu yildagi birinchi oy tutilish hodisasi kuzatildi. Oyning tutilishida Oy va Quyosh o‘rtasiga Yer tushib qoladi. Bu hodisa, albatta, to‘lin Oy sharoitida yuz beradi. Oy to‘liq yoki qisman tutilishi mumkin. To‘liq tutilishda Yerning soyasi Oy sirtini to‘liq qoplaydi va u alvon tusga kiradi. Oyning ko‘zdan yo‘qolib qolmasligiga sabab, Quyosh nurlarining Yer atmosferasidan sinib, Oy sirtini yoritishidir. Shu sababli u alvon tusiga kiradi.
Mazkur hodisaning eng yorqin suratlarini Sputnik jamlanmasida tomosha qiling.