TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hozircha Toshkentdagi knyaz Romanov saroyidagi xazina bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bilan shug‘ullanmayapti.
Kuni kecha OAVlarda Toshkent markazidagi eski binolardan birining yerto‘lasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yerto‘lasidan 80-yillar avval yo‘qolgan xazina topilganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
“Fanlar akademiyasining tarixchilari va ekspertlari hozircha bu masala bilan shug‘ullanishmayapti. Hozir bu ma’lumotni o‘rganmoqdamiz, chunki bunday xabarlar bir yil oldin ham bo‘lgandi”, - deb ma’lum qilishdi Sputnikga Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.
Ilgariroq, Milliy universitet olimlari poytaxt markazidagi eski binolardan birining yerto‘lasida olib borilgan qidiruv vaqtida shu bino yerto‘lasidan noyob san’at asarlari, oltin quymalar, oltin, kumush tanga va idishlar, qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar topilganligi haqida xabar berilgandi. Sputnik hozircha universitet mutaxassislaridan izoh olishga muvaffaq bo‘lmadi.