TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 22-yanvardan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 22,00 so‘mga ko‘tarilib, 8 378,18 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 63,58 so‘mga kamayib, 9 518,45 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 1,36 so‘mga oshdi va 126,33 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.