Xorazmda dehqon bozorining tomi qulab tushdi

Xorazm viloyati Shovot tumanida dehqon bozorining tomi qulab tushdi. Jabrlanganlar yo‘q.
Sputnik

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. Xorazm viloyati Shovot tumanida dehqon bozorining tomi qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Facebookdagi “Xorazm va Xorazmliklar” guruhi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, bozorning tomi qulashiga ikki kun tinimsiz yoqqan qor va shamol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pchillik - bozor tomi qulashining sababi boshq narsada, deyishmoqda.   

“Bozorni tomi qulab tushganini qordan ko‘rmasinlar, tom bosqidin qor yog‘madi xal, rasmda ko‘rinib turibdi to‘planib turgan qor yo‘q ku bozorni qurgan qurilish tashkilotdan so‘rash kerak prarabdan, svarchikdan so‘rash kerak, loyxalagan tashkilotdan so‘rash kerak tomni kurilish materiallari talablarga javob berami”, - deb izoh qoldirgan Kamildjan Babadjanov ismli guruh a’zosi. 

Ushbu hodisadan jabrlanganlar yoki qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston gidro meteorologiya markazi ushbu haftada O‘zbekistonda qor yog‘ib kuchli sovuq bo‘lishi haqida xabar tarqatgan edi. Xususan respublikaning shimoliy hududlari va Qoraqalpog‘istonda sovuq -12 darjagacha yetishi mumkinligi haqida aholiga xabar qilingan edi.