TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Sharqiy Qozog‘istonda ichida odamlari bo‘lgan avtomobil Buxtarmin suv omborida muz ostiga kirib ketdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Fojea 18-yanvar, juma kuni soat kechki to‘qqizlarga yaqin Kurchum tumani Algabas qishlog‘i yaqinida yuz bergan.
"VAZ-2019" avtomobili muzlagan suv omboridan harakatlanayotib, suv tagiga kirib ketgan. Avtomobil salonida besh kishi bo‘lgan - er-xotin va ularning uch nafar farzandlari. To‘rt nafari mustaqil chiqib olishgan, besh yashar qizaloq cho‘kib ketgan.
Shanba kuni ertalab qutqaruvchilar cho‘kib ketgan qizaloqni qidirishni boshlaganlar.
Qozog‘istonda shu hafta temperatura ilishi kuzatilmoqda va shu bois, suv omborlaridagi muzlarga ishonch yo‘q, deb ogohlantiradi nashr.