Gasparanning aytishicha, Sputnik sahifalarining Facebookda blok qilinishi ― bu siyosiy senzuradan boshqa narsamas.
"So‘z erkinligi va axborot shaffofligini o‘z shiori deb e’lon qilgan tuzilmalar tomonidan axborot resurslarini blok qilishga urinish ahmoqona xatti-harakatdan boshqa narsamas Har qanday normal jamiyat uchun so‘z erkinligi ahamiyati haqida yillar davomida gapirib kelgan davlat bugungi kunga kelib siyosiy senzura bilan shug‘ullanmoqda", - deydi Gasparan.
Ekspert "axborot baribir o‘z egasiga yetib borishi"ga ishonch bildirgan holda, AQSh o‘z harakatlari bilan jurnalist mehnatiga nisbatan o‘zining jirkanch munosabatini namoyish qilayotganiga urg‘u berdi.
To‘liq izohni quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.
Gasparan: AQSh media maydonni tozalashning ahmoqona usulini qo‘lladi
© Sputnik