Tojikistonlik tadbirkor O‘zbekistonda chips ishlab chiqaruvchi korxonani ochdi

Tojikistonlik tadbirkor O‘zbekistonda chips ishlab chiqarish korxonasini ochdi va 20 kishini ish bilan ta’minladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Samon Turon” MChJ investitsiya loyihasi asosida tojikistonlik tadbirkor Suhrob Rizayev tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu haqda Uza.uz. nashri xabar qildi.

Tojikiston O‘zbekistonga traktor eksport qilishga kirishdi

Korxonada makkajo‘xori va kartoshka qalamchalari ishlab chiqariladi.

20 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlangan korxonada kelgusida ish ko‘lamini kengaytirish hisobidan qo‘shimcha 20 ish o‘rni yaratiladi.