TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Toshkentda joriy yil 1-fevralidan aholi, tashkilot va korxonalar uchun qattiq maishiy chiqindi va axlatlarni olib ketish tariflari oshiriladi. Bu haqda “Maxsustrans” muassasasi xabar qildi.
Qattiq holdagi chiqindilarni to‘plash va olib ketish uchun yangi tariflar aholi uchun jon boshiga 4500 so‘mni tashkil etadi. Avval bu summa 3900 so‘mga teng edi.
Budjet muassasalari va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun ushbu summa 1 kub metr uchun 53 986,56 so‘mdan iborat bo‘ldi. Oldingi summa 46 788 so‘mga teng bo‘lgan.
Korxona-tashkilotlardan axlatlar olib ketilganda endi 1 tonnasi uchun 20 174,12 so‘m (avval 17 484,22 so‘m) to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtda oxirgi marta chiqindilarni tashib ketganlik uchun narxlar 2018-yil 1-aprelida oshirilgandi.