RF TQ terrorchilarning Magnitogorskdagi portlashlar haqidagi bayonotiga ishonmaslikka chaqirdi

Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko OAVlarda tarqalgan jangarilarning Magnitogorskdagi portlashlar haqidagi bayonotiga izoh berdi
Sputnik

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi Magnitogorsk fojeasida maishiy gaz portlashini birinchi darajadagi versiya deb hisoblaydi, deya ma’lum qildi Rossiya TQ rasmiy vakili Svetlana Petrenko. Ushbu bayonot "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Rossiyaning Magnitogorsk shahrida sodir bo‘lgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olganligi haqidagi xabarlarga javoban yangradi.

Magnitogorskda migrant 8 kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi

Avvalroq qator OAVlarda "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Rossiyaning Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uy va yo‘nalishdagi taksisini portlatganlikda javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Jangarilar o‘zlarining uzoq vaqt sukut saqlaganliklarini go‘yoki portlashni uyushtirganlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohlashgan.

"Tergov avval boshdanoq fojeaning hamma sodir bo‘lishi mumkin versiyalarini o‘rganib chiqmoqda. Hozirgi kunda maishiy gaz portlashi birinchi darajadagi versiya bo‘lib qolmoqda. Ta’kidlaymaki, ekspertlar va kriminalistlar hodisa joyidan portlovchi moddalar yoki ularning komponentlarini topishmagan", - deyilgan xabarda.

Petrenko jinoiy ish doirasida qator ekspertizalar tayinlanganini qo‘shimcha qildi. Boshqa dalillar ham to‘planib, guvohlar va jabrlanuvchilar so‘roq qilinmoqda.

"Faqat kompleks tergov harakatlarini o‘tkazish va olingan barcha dalillarni sinchkovlik bilan tahlil qilish yakunidagina hodisa sabablari haqidagi xulosa qilish mumkin bo‘ladi", - deb yakunladi u.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 31-dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘pqavatli uylarning birining podyezdi o‘pirilib tushdi. Ushbu fojiada 39 nafar kishi halok bo‘ldi. 1-yanvar kuni shaharda yo‘nalishdagi taksi yonib ketishida  oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi.