"Islom davlati" Magnitogorskdagi portlashni nega o‘z hisobiga yozmoqda?

Afg‘oniston faxriysi, zaxiradagi polkovnik Vladimir Koshelev terrorchilar nima uchun Magnitogorskdagi portlashni o‘z zimmalariga olganliklarini tushuntirdi
Sputnik

Ekspert Rossiya Tergov qo‘mitasining terrorchilik uyushmasi bayonotlariga ishonmaslikka da’vatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

"So‘nggi vaqtlarda odamlar bu tashkilot(ID - tahr.)ni unutib qo‘yishgan edi. Va u hozir o‘zining mavjudligini mana shunday bayonotlar yordamida yodga solmoqda - meni nazarimda xuddi shunday. Yirik fojealardan keyin qanchadir vaqt turli mish-mishlar va gap-so‘zlar aylanadi. Terrorchilar buni anglagan holda, ularning aloqadorligi haqidagi ma’lumot tarqalishini xohlab, piar uchun mana shunday gaplarni tarqatadilar", - dedi Koshelev Sputnik radiosi efirida.

Rossiya tergov qo‘mitasi Magnitogorskdagi portlashda "ID" qo‘li borligiga ishonmaslikka chaqirdi >>>

Koshelevning to‘liq javobini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

"Islom davlati" Magnitogorskdagi portlashni nega o‘z hisobiga yozmoqda?