Qirg‘izistonda eng uzun ismli yigit topildi

O‘shda tug‘ilgan yigitning ota-onasi unga payg‘ambar sharafiga atab ism qo‘yishgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. O‘sh viloyati Kara-kulja tumanining Kenesh qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 18 yoshli yigitning ismi 17 ta harfdan tashkil topgan. Bu haqda Turmush agentligi xabar qildi.

Yigitning ismi Ibrahimxalilulloh Janibek uulu. Hozir u O‘shda tahsil oladi. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, uning ismi Ibrohim payg‘ambar sharafiga qo‘yilgan. Yigitning o‘zi to‘liq ismini 16 yoshga to‘lib, pasport olmaguncha bilmagan.

Bu bozor emas: Qirg‘iziston parlament yig‘ilishida amaldor nega haydab yuborildi

“Shu paytgacha meni Ibrahim deb atashardi. Mening shunday uzun ismim borligini shaxsimni tasdiqlovchi hujjat olayotganimda bilganman. Hayratlanganimni yashirmayman. Shu paytgacha uncha qiziqib ko‘rmagandim. Avvaliga, albatta, biroz uyalardim, hozir esa g‘ururlanaman”, - deydi Ibrahim.

U biror joyda hujjat olmoqchi bo‘lsa, undan ismini qanday to‘g‘ri yozilishini qayta-qayta so‘rashlarini hikoya qiladi. Otasi esa o‘g‘lining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma olayotganda, uning ismini o‘zi yozib qo‘yishiga to‘g‘ri kelgan.