Toshkentda ko‘pqavatli uyning balkonlari qulab tushdi

Balkon qulashining asosiy sababi - balkonga g‘isht o‘rilishi tufayli, osma balkon konstruksiyasida buzilishlar ro‘y bergan
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Toshkentda turar-joy balkoni qulab tushdi, deb xabar qilmoqda Toshkent IIBB matbuot-xizmati.

Hodisa bugun soat taxminan 18:40larda yuz bergan. Uchtepa tumani 23-daha № 20 uyda 5-qavatdan 2-qavatgacha bo‘lgan bir yo‘la to‘rtta xonadonning balkonlari qulab tushgan.

Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Toshkentda ko‘pqavatli uyning balkonlari qulab tushdi

Xabarda aytilishicha, qulash sababi - g‘isht o‘rilishi tufayli osma balkon konstruksiyasida buzilish ro‘y bergan.