TOShKENT, 17 yanv - Sputnik. Rossiya Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlariga Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha natsizm ustidan qozonilgan g‘alabani BMT Bosh assambleyasi darajasida insoniyat butunjahon merosi etib e’lon qilinishini qo‘llab-quvvatlashni taklif etmoqchi, deb xabar qildi RIA Novostiga RF Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachov.
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alaba sharafiga qo‘yilgan memoriallar esa butunjahon insoniyat memoriali etib e’lon qilinishi ilgari surilmoqda. Bu tashabbus ushbu yodgorliklarni vandalizm aktidan himoya qilib, ularning yo‘q bo‘lib ketishidan asrashi ta’kidlanmoqda.
"Ayni vaqtda biz ushbu mavzularni BMT, YuNESKOda ilgari surish ustida faol ish olib bormoqdamiz... Biz Rossiya prezidentiga ushbu tashabbusni kollektiv tashabbus etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni va ShHT mamlakatlari nomidan uni BMTda taqdim etishni taklif etdik. Iyun oyida ShHT sammiti bo‘lib o‘tadi. Hozirda ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash maqsadida milliy koordinatorlar darajasida ish olib borilmoqda", - dedi Kosachev.
Unga ko‘ra, agar tashabbus ShHT sammitida qo‘llab-quvvatlansa, uni kollektiv tashabbus sifatida taqdim etish mumkin bo‘ladi. "Agar bu amalga oshsa, BMT Bosh assambleyasining an’anaviy natsizmni qahramonlashtirishga yo‘l qo‘ymaslikka doir har yilgi - sentabr va oktabr oylarida ovoz beriladigan sessiyalarida ushbu nizom bilan chiqish qilsa bo‘ladi. Bu bizning nazarimizda muhimdek ko‘rinmoqda", - deb qo‘shimcha qilgan u.