Juda ham antiqa rekord: olmos bilan bezatilgan lablar

Model labiga qiymati yarim million dollar bo‘lgan 126 dona olmos toshi yopishtirib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Avstraliyalik model Charli Oktaviining olmosli lablari Ginnes rekordlar Kitobiga kiritildi, deb xabar qildi ularning rasmiy sayti.

Stilistning so‘zlariga ko‘ra, birinchi qora rangli pomada surildi, keyin esa yelim bilan olmos toshlari yopishtirib chiqildi.

Model labida qiymati yarim million dollar bo‘lgan 126 dona olmos toshi bo‘lgan.