Germaniya bilan hamkorlikda zamonaviy onkologik markaz ochiladi

O‘zbekistonda qiymati 50 million yevro bo‘lgan onkologik markaz ochiladi hamda Germaniyada shifokorlarning malakasini oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv –Sputnik. O‘zbekistonda Germaniya bilan hamkorlikda qiymati 50 million yevro bo‘lgan onkologik markaz ochildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda OPASCA German Oncology Solutions GmbH tomonidan 50 million yevro qiymatidagi eng so‘nggi texnologiya va jihozlar bilan ta’minlangan, zamonaviy klinika bunyod etish yuzasidan kelishuv imzolandi”, - deyilgan xabarda.

- Natijasida o‘ta og‘ir, murakkab va gumonli holatlarga ham aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash imkoni yuzaga keladi. Muhimi, ushbu zamonaviy shifoxonada germaniyalik yetakchi mutaxassis va olimlar doimiy asosda ishlaydi, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.

Bundan tashqari, Mangeym universiteti klinikasi professorlari tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shu tariqa mamlakatimiz tarixida birinchi marotaba tibbiyotning barcha yunalishlari bo‘yicha Germaniyaning eng ilg‘or tibbiyot markazida mutaxassislarimizni muntazam tayyorlash hamda malaka oshirish tizimiga asos solindi, - deylgan xabarda.

Ma’lumki, Germaniya tibbiyoti eng rivojlangan davlatlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, onkologiya yo‘nalishida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Bu borada profilaktika, kasallikni erta aniqlash, yuqori texnologik davolash hamda reabilitatsiya borasida katta natijalarni qo‘lga kiritgan.