Fransiyadagi universitetda gaz ballon portladi – video

Lion universitetida xodimlari so‘zlariga ko‘ra, binoda gaz ballon portlab ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Payshanba kuni Fransiyadagi Lion universiteti binolaridan birida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda La Plume Libre Twitter sahifasida xabar qildi.

Videoda portlashdan oldin binodan qora tutut chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Ta’lim muassasasida ma’lum qilishlaricha, binoda gaz ballon portlab ketdi. Talabalar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Uch kishi  yengil jarohat oldi.

Hozirgi vaqtda voqea joyida yong‘in o‘chirish xizmati xodimlari ishlamoqda.