Facebook Sputnik sahifalarini o‘chirib tashladi

Sputnik ma’muriyati Facebook hatti-harakatlarini siyosiy sababga asoslangan senzura deb atamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘i Sputnik axborot agentligiga tegishli bo‘lgan 500 dan ortiq sahifalarini o‘chirib tashladi.

Sputnik ma’muriyatida bunday qadamni “faqat siyosiy sabablarga ko‘ra” va “haqiqiy senzura” deb atashdi.

“Sputnik tahririyati yangiliklar bilan shug‘ullanadi va bu ishni juda yaxshi uddalaydi. Sifatli ishlaydigan OAVga qarshi Facebookning qo‘lidan keladigan  yagona ishi - “bloklash” bo‘lsa, bizda boshqa savol yo‘q, hammasi shundoq ham ma’lum. Lekin baribir sog‘lom fikr g‘alaba qozonadi degan umidimiz bor”, - deyilgan Sputnik xabarida.

Biroz oldin Facebook kiberxavfsizlik bo‘limi boshlig‘i Nataniyel Gleyxer “muvofiqlashtirilgan noma’lum harakatlar”ni amalga oshirishda gumon qilingan 364ta sahifa yo‘q qilib tashlanganini xabar qilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, axborot agentligi ushbu faoliyatni Boltiqbo‘yi, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropada olib borgan.

Facebook shuningdek Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan Instagramda ham 41 ta sahifani o‘chirib tashlagan. Xabarda aytilishiga ko‘ra ular Ukraina, norozilik namoyishlari, NATO va maktablardagi sanitariya holatlari haqida xabarlar tarqatgan.