Bu bozor emas: Qirg‘iziston parlament yig‘ilishida amaldor nega haydab yuborildi

Malaka ta’limi idorasi moliya va buxgalteriya hisobga olish bo‘limi mudiri tashqi ko‘rinishi, xususan yig‘ilishga futbolkada kelganligi deputatlarining e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Sputnik

Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida kelishmovchilik yuzaga keldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Malaka ta’limi idorasi moliya buxgalteriya hisobga olish bo‘limining mudiri Talantbek Tinisov yig‘ilishga futbolkada keldi. Unga deputat Almazbek Totorov va Mirlan Bakirov e’tiroz bildirdi.

Ushbu yig‘ilishga boshliq kelishi kerak bo‘lgan. Biroq u kasal bo‘lib qolganligi sababli Tinisov uni o‘rniga kelishga majbur bo‘lgan.

Deputatlar e’tirozidan so‘ng amaldor yig‘ilishni tark etdi.