O‘tmishga sayohat: 60 million yil tarixga ega g‘ordagi antiqa restoran

Iordaniyalik geofizik Jorj Haddadin mazkur restoranni barpo etish o‘zining o‘n yillik umrini baxshida etdi.
Sputnik

Jorjning avvaliga g‘orda muzey ochish fikri bo‘lgan, lekin bu odamlarga qiziq bo‘lmaydi deb o‘ylagan. Keyin o‘ziga xos restoran ochishga qaror qiladi.

Bu bilan u o‘zining avval o‘ylab qo‘ygan niyatiga erishadi, chunki restoranga tamaddi qilgani kelgan mijozlar g‘ordagi qadimiylikga mahliyo bo‘lishmoqda. Ushbu restoran xodimlari esa mehmonlarga o‘tmish sivilizatsiyasi haqida jon deb hikoya qilib berishmoqda.

U tabiyat “interyer”ini saqlab, pastki va yuqori hududlarni shishali pol bilan ajratgan. Mehmonlar 60 million tarixga ega bo‘lgan g‘or devorlari, qoyalarini tomosha qilib bahramand bo‘lishmoqda.