Virtual poraxo‘r: soliq inspektori Click orqali pul talab qilgan

Navoiylik soliq inspektori onlayn to‘lov tizimi orqali pora olayotganda qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Navoyi viloyati Karmana tumani soliq inspeksiyasi xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda O‘zA viloyat IIBB xabariga asosan.

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga tushdi

Karmana tumani “Katta Masjid” mahallasida yashovchi fuqaro E.X.soliqdan qarzi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma olish uchun Davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qiladi.

Soliq inspeksiyasi xodimi G.P. unga 1 mln 3 ming so‘m qarzi borligini aytib, uni 650 ming so‘m evaziga “yopib”, qarzi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkinligini aytadi. Naqd pulni esa Click yoki Payme tizimi orqali  o‘tkazish mumkinligini xabar qiladi.

Fuqaro E.X. aytilgan raqamga pullarni o‘tkazadi. Shundan so‘ng soliq inspektori huquqni saqlash organlari hodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. Ayni damda ushbu ish yuzasida tekshiruv olib borilmoqda.