TOShKENT, 16 yanv - Sputnik. 2019 yil oxiriga qadar Toshkentda umumiy uzunligi 22 km bo‘lgan 12 ta qirg‘oqbo‘yi hududlari obodonlashtiriladi, deyilgan Vazirlar Mahkamasining yangi qarorida.
Obodonlashtiriladigan kanallar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Kanalbo‘yi qirg‘oqlari nomlari | Qirg‘oqlar uzunligi | Qiymati mlrd.so‘m | Bajarish muddati | |
1. | Yunusobod tumani «Yuqori Qoraqamish» ko‘chasidan oqib o‘tuvchi «Qoraqamish» kollektoriga tutash hududda sayilgoh tashkil etish | 1,2 | 10,5 | 2019 yil aprel |
2. | Mirzo Ulug‘bek tumani «Do‘rmon yo‘li» ko‘chasidan «Ziyolilar» ko‘chasigacha bo‘lgan «Salar» kanalining Botanika bog‘iga tutash qismida qirg‘oqlarni mustahkamlash va sayilgoh tashkil etish | 1,6 | 13,9 | 2019 yil aprel |
3. | Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi «Damashi» kanalining «Qorasaroy» ko‘chasidan «Keles yo‘li» ko‘chasigacha bo‘lgan qismida sayilgoh tashkil etish | 2,4 | 20,9 | 2019 yil aprel |
4. | Mirzo Ulug‘bek tumanidan oqib o‘tuvchi «Qorasuv» kanalining «Temur Malik» ko‘chasidan «Do‘rmon yo‘li» ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish | 2,3 | 20 | 2019 yil iyul |
5. | Yashnobod tumanidan oqib o‘tuvchi «Qorasuv» kanalining «Boysun» ko‘chasidan «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish | 1,5 | 13,1 | 2019 yil iyul |
6. | Mirobod tumanidan oqib o‘tuvchi «Qorasuv» kanalining «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasidan «Fitrat» ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish | 1,1 | 9,6 | 2019 yil iyul |
7. | Bektemir tumanidan oqib o‘tuvchi «Bektemir» kanalining «Xusayn Boyqaro» ko‘chasidan «Bilol Nozim» ko‘chasigacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish va sayilgoh tashkil etish | 2,0 | 17,4 | 2019 yil sentabr |
8. | Yakkasaroy tumanidan oqib o‘tuvchi «Salar» kanalining «Bobur» ko‘chasidan Kichik xalqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida sayilgoh tashkil etish | 2,4 | 20,9 | 2019 yil sentabr |
9. | Shayxontohur va Chilonzor tumanlari chegarasidagi «Baynalmilal» ko‘chasiga tutash qismidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalining «Oqtepa» maydonidan «Oqtepa» gidro elektr stansiyasigacha bo‘lgan qismida sayilgoh tashkil etish | 1,0 | 8,7 | 2019 yil sentabr |
10. | Uchtepa tumanidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalining «Farxod» ko‘chasidan Toshkent xalqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish | 3,5 | 30,5 | 2019 yil dekabr |
11. | Sergeli tumani «Choshtepa» mahallasidan oqib o‘tuvchi «Jo‘n» kanalining qirg‘oq qismini mustahkamlash | 2,0 | 17,4 | 2019 yil dekabr |
12. | Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi «Bo‘rijar» kanalining Kichik xalqa avtomobil yo‘liga tutash qismining qirg‘oqlarini obodonlashtirish | 1,1 | 9,6 | 2019 yil dekabr |
Toshkent hokimiyati ushbu kanallarga tutash hududlarda, zamonaviy landshaft me’morchiliklarini qo‘llagan holda, aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi belgilangan.
Xususan, tematik xiyobonlar, amfiteatrlar, madaniy ko‘ngilochar maskanlari, sport va sog‘lomlashtirish maydonchalari, jumladan baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yo‘laklari, maskanlari hamda yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, “Wi-Fi” hududlar va musiqali favvoralar barpo etiladi.
Shu bilan birga, kanallarga tutash hududlarda “Book cafe” “Open air” kinoteatrlari, “Ekstremal sport turlari”, “Sun’iy plyaj” loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “Bo‘zsuv” kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan “Gandola” qayiqlarida sayr qilish maskanlari ham tashkil etiladi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida 4ta ekskavator, 4ta kanal tozalash maxsus texnikasi, motorli qayiq, avtokran, 2 ta trayler, 5ta samosval, musor va benzin tashuvchi avtomobillar xarid qilish belgilangan.
Qarorda aytilishiga ko‘ra, ushbu maqsadga jami 192 mlrd so‘m mablag‘ sarflanadi. Undan 111 mlrd – investorlar mablag‘lari, 32- Respublika budjetidan va 48 mlrd - mahalliy budjetlardan sarflash rejalashtirilmoqda. Barcha ishlar 2019-yil oxiriga qadar yakunlanishi kerak.