Gurlanda hokim yordamchisi va MTB mutaxassisi qo‘lga olindi

Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.

Islom Karimovning sobiq xos soqchisi hibsga olindi

Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Gurlan tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

“Departament xodimlari tomonidan U.K.ning ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi M.M. tuman hokimi yordamchisi U.K. bilan uchrashib oldindan kelishilgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan” – deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar U.K. va M.M.larga nisbatan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olingani haqida xabar bergandik.