TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. “O‘zbekiston temir yullari” AJ Qirg‘iziston Temir yo‘llariga 30%li chegirma beradi, deb xabar qilmoqda “Kirgiz temir jolu” davlat korxonasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yullari” AJ va “Kirgiz temir jolu” orasida 2018-yilning 24-dekabrida imzolangan shartnomaga ko‘ra, Qirg‘iziston temir yo‘lining Janubiy stansiyalari orqali O‘zbekiston hududi bo‘yolab olib o‘tilayotgan barcha tranzit yuklar uchun 30 %li chegirma beriladi.
Shuningdek, 2019-yil davomida quyidagi chegirmalar ham belgilangan:
- 35% Xodjadavlet - davlatlararo xalqaro punkti orqali o‘tayotgan yuklar uchun
- 40% Karakalpakstan - davlatlararo xalqaro punkti orqali o‘tayotgan yuklar uchun
Undan tashqari, 2019 fraxt yili davomida 200 ming tonna neft mahsulotlari, 60 ming tonna yog‘och va 35 ming tonna yanchilgan mahsulotlar olib o‘tishda, yo‘l haqi tariflari 35 %li chegirma bilan hisoblanadi.