Xorazmda uchta valyutafurush qo‘lga tushdi

Aniqlangan holatlar yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Xorazm viloyatida uchta valyutafurush qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Xabarda aytilishicha, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Yangibozor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va S.lar har bir AQSh dollarini 8450 so‘mdan hisoblab, 7900 AQSh dollarini 66,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro R. har bir AQSh dollarini 8320 so‘mdan hisoblab, 11450 AQSh dollarini 95,2 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotib olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fuqaro R.dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 700 AQSh dollari, 133650 Rossiya rubli, 545700 qozoq tengesi va 64,8 mln. so‘m pullar ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.