O‘zbekiston - Yaponiya bahsini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvini BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Bosh hakamga yon chiziqlarda BAAlik Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla va Hasan Muhammad Hasan Abdulla yordam berishadi. 

O‘zbekiston - Yaponiya bahsini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

Darvoza ortida BAAlik boshqa bir hakam Ammor Junaybiy va iroqlik Ali Sabah Ad-Day Al-Qaysiy ishlaydi. To‘rtinchi hakam Xu Vey Min — Xitoydan. 

Eslatib o‘tamiz, 17-yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Xalifa bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi.