TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv bo‘limining to‘rt nafar xodimi fuqarolarni noqonuniy hibsga olishda gumonlanmoqda. Ular hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakiliga tayanib xabar bermoqda.
Avvalroq mahalliy OAVlari yuzga yaqin tadbirkorlar mahalliy prokuraturaga ularning noqonuniy harakatlari ustidan shikoyat keltirganliklaridan so‘ng Andijon viloyat IIBning qator xodimlari hibsga olinganliklari haqida xabar tarqatgandi.
Hibsga olinganlarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish” va “Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish” moddalari jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti tomonidan aprel oyida imzolangan qonunga ko‘ra, hibsga olinganlarni qiynoqqa solish, haqorat qilish va boshqa yo‘llar bilan jazolash uchun belgilangan jazo choralari kuchaytirilgan.
Qiynoqqa solishda ayblanayotgan mansabdor shaxslar uch yildan besh yilgacha qamalishi va lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etilishlari mumkin. Og‘ir tan jarohatlari yetkazilganda – jazo 7-10 yilni tashkil qilishi mumkin.