Uchtepadagi yong‘inda ayol kishining kuygan jasadi topildi

Dastlabki xabarga ko‘ra, yong‘in fuqaroning mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Tojikistonda fuqaro xotinini rashk qilib, bozorni yoqib yubordi

“Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, E.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.