YPX inspektorini kaltaklagan haydovchiga jazo tayinlandi

Toshkentda YPX inspektorini kaltaklagan haydovchiga 3-yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkent IIBB internet tarmog‘ida yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun to‘xtatilgan haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga nisbatan noqonuniy hatti-harakatlari aks etgan videoga izoh berdi.

Ushbu hodisa 2017-yil 18-yanvar kuni kechki payt sodir bo‘lgan. YPX inspektori Nexia avtomobili haydovchisi Ma’rufjon A.ni Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun to‘xtatadi.

Toshkent viloyatida militsiya xodimiga "kalla qo‘ygan" fuqaro qo‘lga olindi

“Tekshiruv davomida haydovchida transport vositasini boshqarish uchun zarur hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Jazodan qutulib qolish maqsadida Ma’rufjon A. inspektorga qarshilik ko‘rsatadi va unga tan jarohatlari yetkazadi”, - deyilgan xabardi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan Ma’rufjon A. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (“Qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) va 277-modda 3-qismining “g” bandi (“Bezorilik”) bilan aybdor deb topildi va 3-yil 6 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.