Rossiyaning Shaxti shahridagi gaz portlashi oqibatlari - video

Rostov viloyatining Shaxti shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘p qavatli binoning 2 ta qavati qulab tushdi.
Sputnik

Internet tarmoqlarida Rostov viloyatining Shaxti shahrida maishiy gaz portlashi oqibatilari tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Video mahalliy aholi tomonidan tavsirga olingan. Video kadrlarida binoning ikkita qavati – sakkizinchi va to‘qqizinchi qavati qulab tushganigini ko‘rish mumkin.

Hodisa Xabarov ko‘chasida taxminan soat 06:18da sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida sakkizinchi va to‘qqizinchi qavatlarda joylashgan 4 ta kvartira zarar ko‘rgan.

RIA Novostining xabar qilishicha, gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yetti kishini chiqarib olishgan. 140 kishi evakuatsiya qilingan. Besh kishining taqdiri aniqlanmoqda.