Polshada konsert vaqtida pichoqlangan mer vafot etdi

Shahar rahbari Pavel Adamovich xayriya konserti davom etayotgan bir paytda pichoqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Polshaning Gdansk shahri meri  Pavel Adamovich vafot etdi. Bu haqda Polskoe radio xabar bermoqda.

Kecha Pavel Adamovichga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Shahar rahbari Pavel Adamovich xayriya konserti davom etayotgan bir paytda pichoqlandi. Yetkazilgan og‘ir jarohatdan tufayli zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari jinoyatchini hibsga olishdi. Lekin jinoyat sabablari rasman ma’lum qilinmagan. Jinoyatchi hujum qilishdan oldin noqonuniy ravishda qamoq jazosini o‘taganini aytib qichqirganini tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar ma’lum qilishdi.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, qotil 27 yoshli muqaddam bank o‘marishda ayblanib sudlangan fuqaro. U Gdansk shahrida istiqomat qilgan. Bir necha hafta oldin u ozodlikka chiqqan.

Gdansk shahri Polshaning shimolida joylashgan. Gdanks Boltiq dengizidagi eng yirik port hisoblanadi.