Bishkekdan parvoz qilgan Boeing samolyoti Tehron yaqinida halokatga uchradi

Samolyot bortida 10 kishi bo‘lgan. Ulardan biri – muhandis – tirik qolgan. Yetti kishining jasadi halokat joyida topilgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Tehron yaqinidagi Karaj shahrida yuk tashuvchi Boeing samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Eronning Press TV kanali xabar qildi.

Rossiyada gaz portlashi oqibatida yana bir bino quladi

Samolyot bortida 10 kishi bo‘lgan. Ulardan biri – muhandis – tirik qolgan. Yetti kishining jasadi halokat joyida topilgan.

FARS agentligining manbaga tayanib xabar qilishicha, samolyot Bishkek shahridan parvoz qilib, Tehron yaqinidagi Karaj shahridagi Payam xalqaro aeroportiga yo‘l olgan.

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, uchuvchi aeroportlarni adashtirib qo‘ygan va qo‘nish chog‘ida boshqaruvni eplab olmagan.

Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.