Shavkat Mirziyoyev vatan himoyachilarini tabrikladi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar tashkil qilinganining 27-yilligi munosabati bilan prezidentning bayram tabrigi e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vakillarini tabrikladi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

“Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimizning muhtaram faxriylari! Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman”, - deb boshlanadi prezident tabrik so‘zi.

O‘z tabrik so‘zi Shavkat Mirziyoyev, jumaladan, botir askar va ofitserlarning ota-onalariga, ularning rafiqalari va oila a’zolariga ham minnatdorlik bildirdi.

Toshkent Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyor

Shuningdek, prezident o‘z tabrik so‘zida dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlarlar kuchayib borayotgan vaqtda O‘zbekiston armiyasini jangovar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy qurol-yarog‘ va aslahalar bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ma’naviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - eng ustuvor vazifa deb ta’kidladi.

Prezident tabrik so‘zining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.