Parij markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi - video

Parijning Treviz nomli ko‘chasida joylashgan novvoyxonada portlash sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. Fransiya poytaxtining Treviz ko‘chasida joylashgan novvoyxonada mahalliy vaqt soat 9 da portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Internet foydalanuvchilari voqea joyida olingan videolarni joylashtirishmoqda.

BFMTV telekanali xabar berishicha, portlash sababi maishiy gaz sizib chiqishi bo‘lishi mumkin va voqea joyida jarblangan shaxslar mavjud.

Voqea joyida qurqaruv xizmatlari ish olib borishmoqda.