TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogidan o‘rin olgan Turkmaniston — O‘zbekiston uchrashuvini BAAlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh hakam — Ammor Al-Junaybiy. Yordamchilar — Muhammad Al-Hammadiy, Hasan Al-Mahriy.
Darvoza ortidagi hakamlar — Muhammad Abdulla Muhammad, Turkiy Al-Xudoyor (S.Arabistoni). Zaxiradagi hakam — Muhammad Al-Bakriy (S.Arabistoni).
Eslatib o‘tamiz, 9-yanvar kuni O‘zbekiston – Ummon o‘yini 2:1 natija bilan yakunlandi. O‘zbekiston bilan bir guruhda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya jamoalari ishtirok etmoqda.