Jasur Aripov Urbanizatsiya agentligiga direktor bo‘ldi

Jasur Aripov 2018-yil fevralidan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sputnik

TOShKENT, 12 yanv  — Sputnik. Prezident farmoni bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida tashkil etilgan Urbanizatsiya agentligiga Jasur Aripov direktor etib tayinlandi, deb xabar qildi Podrobno.uz internet nashri.

Jasur Aripov 2018-yil fevralidan buyon Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Avvalroq u MIB direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Biroz oldin yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga vazir hamda uning o‘rinbosarlari tayinlangani haqida xabar bergandik.