TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga oilaviy tabrik yo‘lladi.
Tramp Mirziyoyevni kirib kelgan Yangi 2019-yil munosabati bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarini izhor etgan.
Tabrikda, shuningdek, Trampning rafiqasi – AQSh Birinchi xonimi Melaniya Tramp va uning o‘g‘li Berron Tramp ham o‘z tilaklarini bildirgan.
2019 yil kirib kelishi munosabati bilan dekabr oyining oxirgi sanasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblaridan prezident va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar kelgan.