Politsiya zo‘rlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olishga ruxsat berdi

Politsiya kuni kecha Italiya sud tizimiga order jo‘natgan. Chunki Ronaldu ayni damda “Yuventus” jamoasi tarkibida to‘p suradi.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. Las-Vegas politsiyasi "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berdi. Bu haqda RIA Novosti Wall Street Journal nashri tayanib xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, politsiya Ronalduning DNKsi bilan Ketrin Mayorga libosidagi topilgan genetik materiallar bir biriga mos kelish kelmasligi aniqlamoqchi.

Krishtianu Ronaldu bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi: futbol yulduzi kimni tanladi

Politsiya kuni kecha Italiya sud tizimiga order jo‘natgan. Chunki Ronaldu ayni damda “Yuventus” jamoasi to‘p suradi.

2018 yilning sentabrida Spiegel nemis jurnali amerikalik model Ketrin Mayorga Ronalduni zo‘rlaganlikda ayblayotgani haqida ma’lum qilgandi. Nashr ma’lumotlariga qaraganda, 2010-yil yanvarida futbolchi vakillari jabrlanuvchi jim yurishi uchun 375 ming dollar to‘lagan.

Keyinchalik Las-Vegas politsiyasi Ronalduga nisbatan qizni zo‘rlaganligi haqida jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atgan.

Ronalduning o‘zi bir necha marotaba ayblovni rad etgandi.