Pavel Durov Telegram kompaniyasini tugatishga qaror qildi

Ushbu qaror sabablari ma’lum qilinmagan. Lekin mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi tuzilmasining o‘zgartirilishi mumkinligi va bo‘lib o‘tadigan Brexit bilan bog‘liq.
Sputnik

TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Telegram messenjerini ishlab chiqqan Pavel Durov Telegram Messenger LLP kompaniyasini tugatishga qaror qildi va bu haqda ariza topshirdi.

Mazkur ariza Buyuk Britaniya yuridik shaxslari reyestrida e’lon qilingan.

Durov arizani 2018-yil 19-dekabr kuni imzolangan, reyestr saytida esa 2019-yil 4-yanvarda paydo bo‘ldi.

Faqat messenjer ro‘yxatga olingan yuridik tuzilmalardan biri tugatilishi mumkin. Bu qaror Telegram’ning bloklanishiga ta’sir qilmasligi kerak.

Moskvada Telegram tarafdorlari mitingiga 7,5 ming kishi jamlandi

Ushbu qaror sabablari ma’lum qilinmagan. Lekin mutaxassislarning fikricha, kompaniyaning tugatilishi Durov biznesi tuzilmasining o‘zgartirilishi mumkinligi va bo‘lib o‘tadigan Brexit bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni Roskomnadzor  FXXga shifrlash kalitlarini bermagan  Telegram messenjerini Rossiya hududida bloklab qo‘yishni talaba qilgan edi. Roskomnadzor fikriga ko‘ra ushbu messenjer Rossiya davlati va fuqarolari manfaatiga zarar keltiradi. Messenjer orqali ekstremistik mavzudagi xabarlar tarqatilishi va terrorchilar ham o‘z faoliyatida foydalanishlari mumkin.

Telegram asoschisi Pavel Durov esa shifrlash kalitlari doimo o‘zgarib turishi tufayli uni hukumatga taqdim etishning iloji yo‘q degan edi.