TOShKENT, 11 yanv – Sputnik. 9-yanvar kuni O‘zbekiston – Ummon o‘yinidan so‘ng o‘zbekistonlik futbol muxlislari maishiy chiqindilarni to‘plash qoplarini olib, o‘zlari o‘tirgan tribunani tozalab qo‘yishdi.
Bu haqda foto-suratlar zudlik bilan internetda tarqalib ketdi.
Shunday qilib, o‘zbekistonliklar barcha muxlislarga munosib namuna ko‘rsatishdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi doirasida kecha BAAda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Ummon o‘yini 2:1 natija bilan yakunlandi.
2019 yilgi Osiyo kubogi BAAda 5-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan bir guruhda Ummon, Turkmaniston va Yaponiya jamoalari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston jamoasi navbatdagi o‘yinni 13-yanvarda Turkmaniston jamoasiga qarshi o‘tkazadi.