O‘zbekistonda energetik ichimliklar reklamasi cheklandi

Qonunga ko‘ra, “Reklama to‘g‘risidagi“ qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan va uning 221-moddasida energetik ichimliklar bo‘yicha cheklovlar joriy qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda energetik ichimliklarni soat 7:00dan, 22:00gacha reklama qilish taqiqlanadi. Bu “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi qonunda nazarda tutilgan. Hujjat matni “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan.

O‘zbekistonda o‘smirlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanadi

Qonunga ko‘ra, “Reklama to‘g‘risidagi“ qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan va uning 221-moddasida energetik ichimliklar bo‘yicha cheklovlar joriy qilingan.

Unga ko‘ra, endilikda quyidagilar taqiqlanadi:

- soat 7-00 dan soat 22-00 ga qadar energetik ichimliklarni televidenie va radio orqali reklama qilish;

- reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;

- asosan o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan yoki tasviridan foydalaniladigan bo‘lsa;

- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

- asosan bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish.