“Xufona iqtisodiyot” qisqartiriladi – prezident farmoni

“Xufona iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha Dastur hamda yangi tahrirdagi “Mulk to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

Farmon bilan Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 – 2021-yillarda O‘zbekistonda tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida “Xufona iqtisodiyot”ni qisqartirish bo‘yicha Dastur hamda yangi tahrirdagi “Mulk to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

“Yo‘l haritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligidagi Iqtisodiy kengash hamda Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etildi.

Iqtisodiy kengash tomonidan quyidagi loyihalar ishlab chiqiladi hamda prezident administratsiyasiga kiritiladi:

Strategiyalar:

- davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish bo‘yicha – 2019-yil 1-iyungacha;

- milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston – 2030) bo‘yicha – 2019-yil 1-dekabrgacha;

- ta’limni rivojlantirish bo‘yicha – 2020-yil 1-martgacha;

- suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha – 2020-yil 1-sentabrgacha.

Konsepsiyalar:

-  O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha – 2019-yil 1-aprelgacha;

Harbiy xavfsizlik, energetika, iqtisod: Berlin va Toshkent hamkorligining yangi yo‘nalishlari

- qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha – 2019-yil 1-oktabrgacha;

- monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha – 2019-yil 1-oktabrgacha;

- davlat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha – 2020-yil 1-yanvargacha;

- moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha – 2020-yil 1-iyungacha.

“Yo‘l xaritalari”:

- investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha – 2019-yil 1-aprelgacha;

- yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha – 2019-yil 1-noyabrgacha;

- atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha – 2020-yil 1-sentabrgacha.