TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Toshkent “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida Mudofaa vazirligi bayramga tayyorgarligi boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni 14-yanvar kuni nishonlanadi.
Toshkentda bayram tadbirlari 11-yanvardan boshlanib 14-yanvargacha davom etadi.
“Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida harbiy texnika ko‘rgazmasi ochiladi: ayrim texnika olib kelindi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan poytaxtda konsertlar o‘tkaziladi.