TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Suriya demokratik kuchlari 8 nafar xorijiy jangarilarni hibsga oldi. Ular orasida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor, deb xabar qilmoqda “Novosti Uzbekistana” nashri.
Suriya demokratik kuchlari 6-7 yanvar kunlari Xojin aholi punkti yaqinida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida 8 nafar xorijiy fuqarolarni hibsga oldi.
Ular orasida Tojikiston fuqarosi - Muxammad Daulat (Abu Moshab Tadjiki, 22 yosh), grajdanin, Qozog‘iston fuqarosi Sattibek Oshibayev (Abu Rukayya, 30 yosh), Rossiya fuqarosi - Begdjan Bimurayev (Abu Sara, 30 yosh), Ukraina fuqarosi - Askarom Zarmanbetov (Abu Davud Nogay, 27 yosh), AQSh fuqarosi - Noy Su (Abu Suleyman Amriki, 16 yosh), Germaniya fuqarosi – Lukas Glass (Abu Ibragim Almani, 31 yosh) hamda ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari - Odil Raximov (Abu Amina Uzbeki, 58 yosh) va Farxod Qodirov (Abu Bilal Uzbeki, 28 yosh).
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Suriya va Turkiya qo‘shnlari tomonidan siquvga olingan IShID jangari guruhlari uchun Suriya hududida juda kam joy qolgan. Ularning ko‘pchilligi boshqa mamlakatlarga qochib ketishga harakat qilmoqda. Aksariyat hollarda – boshliqlari tashlab ketgan va tashqi ta’minotsiz qolgan jangarilar qurollarini topshirib asirga tushmoqda.